23:15 / 30.12.2016
6 640

Samsung kvant nuqta texnologiyasida ishlangan qayirma ekranli monitor tayyorladi

Samsung kvant nuqta texnologiyasida ishlangan qayirma ekranli monitor tayyorladi

Samsung kompaniyasi kelgusi oyning 5-8 yanvar kunlari Las Vegas (AQSh, Nevada) shahrida bo‘lib o‘tadigan CES 2017 ko‘rgazmasida kvant nuqta (Quantum Dot) texnologiyasida ishlangan qayirma ekranli CH711 monitorini namoyish qiladi, deb xabar bermoqda Terabayt.uz sayti.

Monitor video-o‘yin havaskorlari uchun maxsus yaratilgan, u avvalgi modellardan yanada tiniq va sifatli tasvir bilan farqlanadi. Qurilma 27 va 31,5 dyuymli ekran versiyalarida chiqariladi.

Samsung CH711 qayrilgan 1800R matrisa bilan jihozlanadi, ekran WQHD (2560 x 1440 piksel) formatida, namoyish burchagi 178 gradus (sRGB rang ko‘lami 125%).

Monitorlarning narxi va sotuv sanasiga aniqlik kiritilmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Samsung kvant nuqta texnologiyasida ishlangan qayirma ekranli monitor tayyorladi