Bundan taxminan ikki haftacha oldin shu yilning sentyabr oyida namoyish qilingan Apple Airpods simsiz naushniklari bir necha oylik kechikishdan keyin sotuvga chiqarilgani to‘g‘risida xabar bergan edik.
Ayni paytda mazkur naushniklar dunyoning turli mamlakatlarida yashaydigan foydalanuvchilar tomonidan xarid qilinmoqda. Gadjetning do‘kon rastalariga qo‘yilganiga hali ko‘p vaqt bo‘lmadi, ammo hozirdanoq foydalanuvchilar gadjet g‘ilofining zaryadi tez tugab qolishidan shikoyat qilishmoqda.
Bundan avvalroq Apple kompaniyasi Airpods g‘ilofi naushniklarni 24 soat davomida avtonom ishlashga etadigan zaryad bilan ta’minlashi haqida ma’lum qilgan edi. Biroq ko‘plab foydalanuvchilar g‘ilofdagi zaryad bir kechada 100 foizdan 15-20 foizga tushib qolayotganini aytishgan. Bluetooth faolligini minimum darajada ushlab turish ham yordam bermayapti.
Terabayt.uz sayti qayd etishicha, Apple hozirdan shikoyat bilan murojaat qilgan mijozlarga gadjetni almashtirib bermoqda. Almashtirilgan g‘iloflarda yuqoridagi muammo kuzatilmayapti. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi”
Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi”
AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi
Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi?
5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda
AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi