Shveysariyaning Jeneva shahrida 43-marta Xalqaro innovasiyalar ko‘rgazmasi tashkil etildi, deb xabar beradi «Kun.uz».
Unda dunyoning 48 mamlakatidan kelgan 750 nafar ishtirokchi o‘z ishlanmalarini ko‘rgazmaga qo‘yishdi.
Jeneva ko‘rgazmalari har yili fan va texnika rivoji uchun yangidan-yangi g‘oyalarni taqdim etib kelmoqda.
Joriy yilda ham Jeneva salonida Rossiya, Xitoy, Misr, Tailand, Janubiy Koreya, Eron, Polsha, Shveysariya, Fransiya, Saudiya Arabistoni, Italiya, Malayziya, Moldava va BAA kabi ilg‘or davlatlardan vakillar ishtirok etishdi.
Shuningdek, Afg‘oniston, Ozarbayjon, Benin, Chernogoriya, Malta va Paragvay davlatlaridan ko‘rgazma tarixida ilk marta ishtirokchilar kelishi kuzatildi.
BAA fuqarosi bo‘lgan Ahmad Majjan namoyish qilgan qurilma ko‘pchilikning e’tiborini o‘ziga qaratdi. U yasagan otlar uchun egarga kompas, giroskop, GPS navigatori va ot yopinchig‘i ichini salqinlatib turuvchi moslama o‘rnatilgan.
Egardagi maxsus tugmani bosish orqali, hudud sharoitlari haqidagi ma’lumotlar olish, harakatlanish tezligi va otliqning pulsini o‘lchash mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?