Sevenhugs kompaniyasi CES 2017 ko‘rgazmasiga Smart Remote pultini taqdim etdi. U 25 mingta turli qurilmalarni boshqarishi mumkin. Kun.uz yozishicha, Bundan tashqari, u Uber taksilari bilan aloqa o‘rnatishga xizmat qiluvchi ilovalar, infraqizil port va ichiga o‘rnatilgan maxsus datchiklar bilan jihozlangan.
Pult 3.53 dyuymli sensorli displey, simsiz WiFi va Bluetooth modullariga ega. Ular uydagi uskunalar (televizor va boshqalar)ni boshqarishda qo‘l keladi. Shuningdek, Sevenhugs Smart Remote imkoniyatlarini kengaytiruvchi maxsus sensorlarni uyning turli qismlarida har xil vazifalarni bajarishi uchun o‘rnatish mumkin. Masalan, datchikni deraza ortida o‘rnatilsa, u tashqi termometr va havo namligini o‘lchovchi uskuna bo‘lib ishlashi mumkin. Uni kirish eshigi oldiga qo‘yib, Uber ilovasi bilan bog‘lasa, o‘z uyiga taksi chaqirish imkoni ham mavjud. Bir necha gadjetlarni bir vaqtda ishlatish, shuningdek o‘zingizga xos bo‘lgan harakatlar to‘plamini yaratishingiz mumkin.
Ayni damda smart-pultni 229 AQSh dollariga buyurtma qilish imkoni mavjud. Biroq, u do‘konlarga chiqarilgach, 300 AQSh dollariga baholanishi kutilmoqda. Qo‘shimcha sensorlar alohida sotiladi.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi