
Google va Apple kompaniyalari o‘zlarining Rossiyadagi onlayn do‘konlaridan LinkedIn dasturini o‘chirib tashladi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.
Apple vakillari bir oy muqaddam kompaniya dasturni Rossiya hududida bloklab qo‘yish talabini olgan edi. Google esa o‘zi ishlayotgan davlatlarning qonunlarini hurmat qilishini ta’kidlab o‘tdi.
Roskomnadzor agentligi 2016 yilning 17 noyabrida LinkedIn ijtimoiy tarmog‘ini Rossiya hududida bloklab qo‘ydi. Aytilishicha, personal ma’lumotlarni saqlash bilan bog‘liq qonunchilikning ko‘p marotaba buzilishi bunga sabab bo‘lgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar