6 453
Nyu-York metrosining barcha bekatlari mobil aloqa signali va bepul Wi-Fi bilan ta’minlandi
9 yanvar kuni Nyu-York metrosining shu vaqtgacha tegishli uskunalar bilan ta’minlanmagan eng so‘nggi bekatida mobil aloqa va bepul Wi-Fi paydo bo‘ladi. Daryo nashri’ning yozishicha, jahondagi eng yirik metropoliten internet va mobil aloqa tarmog‘i bilan to‘liq qamrab olinadi.
Xabar berishlaricha, eng oxirgi bo‘lib tarmoqqa ulanayotgan bekat — Bruklindagi «Klark Strit»dir. Undan tashqari, hozirda yana to‘rt bekat qayta ta’mirlanayotgan bo‘lib, reja bo‘yicha ishlar yakuniga etganidan so‘ng, bu bekatlarda ham simsiz tarmoq va mobil aloqadan foydalanish mumkin bo‘ladi.
Loyiha Nyu-York metropoliteni va Transit Wireless kompaniyasining 27 yillik hamkorligi bir qismi bo‘ldi. Xabar berishlaricha, shartnomaning umumiy qiymati 300 million dollarga teng.
Transit Wireless har bir bekatga himoyalangan Wi-Fi tarmog‘i va 911 xizmati bilan shoshilinch ulanish imkonini beruvchi stasionar qurilmalarni o‘rnatib chiqqan. Loyiha 2011 yilda boshlangan bo‘lib, hozirgacha 286 ta bekat qamrab olingan. Endi ularning har birida internetga kirish va qo‘ng‘iroq qilish mumkin.
Doimiy harakatda bo‘lgan Nyu-York aholisi uchun tarmoqqa ulanish yanada qulaylashdi. Bu mamlakatdagi eng band transport tarmog‘i bo‘yicha qarashlarimizni qayta ko‘rib chiqishga asos bo‘ladi.
Endryu Kuomo, Nyu-York meri
Endryu Kuomo, Nyu-York meri
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda yagona hisoblangan Toshkent metropolitenida poezdlar bekatlar oralig‘idagi ochiq joylar (ko‘priklar)ga chiqqandagina mobil aloqadan foydalanish mumkin. Bekatlarda mobil aloqa tarmog‘i signallari tutilmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi