
Rockstar Games kompaniyasi Grand Theft Auto VI oʻyini chiqarilish sanasini yana kechiktirganini rasman eʼlon qildi. Dastlab oʻyin 2026-yil may oyida taqdim etilishi rejalashtirilgan edi, ammo endi muxlislar yana olti oy kutishga majbur boʻlishadi: yangi rasmiy sana 2026-yil 19-noyabr deb belgilandi.
Studiyaning rasmiy sahifasida maʼlum qilinishicha, ushbu qaror loyiha sifatini eng yuqori darajaga yetkazish zarurati bilan izohlangan. Ishlab chiquvchilar qoʻshimcha vaqt oʻyinning sodiq auditoriyasining intizor kutgan talablariga toʻliq javob berishini taʼminlash uchun kerakligini taʼkidladilar.
Rockstar oʻyinchilarning sabr-toqati va doimiy qoʻllab-quvvatlovi uchun minnatdorlik bildirdi. Kechikishlarga qaramay, studio oʻyinchilar tez orada Leonida tasavvuriy shtatini oʻrganishlari va Vice-Cityning zamonaviy talqiniga tashrif buyurishlari mumkinligidan xursandligini bildirdi.
Bu oʻyin chiqarilish sanasining birinchi marta oʻzgarishi emas. Avvalroq oʻyin 2025-yil kuzida chiqarilishi rejalashtirilgan edi, keyinchalik esa 2026-yil may oyiga qoldirilgan edi.
Hozirgi vaqtda tasdiqlangan maʼlumotlarga koʻra, GTA VI yangi avlod konsollari — PlayStation 5 va Xbox Series X|S uchun chiqariladi. Shaxsiy kompyuter (PC) versiyasi boʻyicha rasmiy eʼlon hali berilgan emas.
Biroq, Rockstar Gamesning odatdagi amaliyotiga koʻra, PC versiyasi konsollarda debyutdan keyingi bir yil ichida chiqarilishi kutilmoqda.
Rockstar yana GTA VI chiqishini kechiktirdi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing