Facebook ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilari videoroliklaridan daromad olishning yangi tizimini ishga tushirdi. U video o‘rtasida reklama ko‘rsatishni nazarda tutadi. Bu haqda Recode'ga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.
Nashr suhbatdoshlarining ta’kidlashicha, reklama beruvchilar reklamani foydalanuvchilar rolikning kamida 20 soniyasini tomosha qilishgach, qo‘yish imkoniga ega bo‘lishdi. Shu bilan bir qatorda, videoning o‘zi kamida 90 soniya davom etishi kerak. Reklamadan keluvchi daromadning 55 foizi videoni joylashtirgan foydalanuvchiga taqdim etilsa, qolgani ijtimoiy tarmoqning o‘zida olib qolinadi – xuddi shunday nisbat YouTube’dagi roliklarda ham qo‘llaniladi.
Facebook vakillari yangi reklama shakli haqida ma’lumot berishmadi.
Recode’ning ta’kidlashicha, bu rolik mualliflari o‘z videolari uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri yirik pulni olishlari mumkin bo‘lgan birinchi tizim bo‘lishi mumkin. Aksariyat videoservislar asosiy video boshida reklama roliklaridan foydalanishayotgan bo‘lsa, Mark Sukerberg bundan voz kechdi.
Facebook bir necha yil davomida foydalanuvchilar orasida videoni faol ravishda targ‘ib etib keldi va 2016 yilda kuniga roliklarni tomosha qilish vaqti – 100 million soatga etdi, deb eslatadi Recode. Shu bilan bir qatorda, reklama beruvchilar ko‘magida roliklarni taqdim etish imkoni faqatgina 2016 yilda paydo bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi