6 293
Facebook soxta xabarlarga qarshi kurashish va sifatli yangiliklarni yaratish uchun «Jurnalistika» loyihasini ishga tushirdi
11 yanvar kuni Facebook o‘z jurnalistik loyihasini ishga tushirdi, uning maqsadi sifatli jurnalistikani yaratish, OAVlar bilan hamkorlik qilish va foydalanuvchilarga yangiliklar bo‘yicha savodxonlikni o‘rgatishdan iborat, deb yozadi "Daryo".
Facebook Journalism Project loyihasi yirik OAVlar bilan hamkorlik qilib, ular bilan birgalikda yangi mahsulotlarni ishlab chiqish; jurnalistlarga maxsus treninglarda yangi texnologiyalar va instrumentlarni o‘rgatish; ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilariga sifatli va ishonchli axborot qidirishda yordam berish kabi uchta yo‘nalishdan iborat bo‘ladi.
The New York Times yozishicha, tez orada loyiha Washington Post va Vox kabi nashrlar bilan hamkorlikni boshlaydi. Kelajakda ushbu ro‘yxatni ancha kengaytirish rejalashtirilmoqda.
Nashr qayd etishicha, Facebook o‘zining axborot tarqatishdagi roli haqida anchadan buyon mulohaza yuritmoqda. Ammo kompaniyani AQShdagi prezidentlik «poygalari» chog‘ida yangiliklarni manipulyasiya qilib, soxta xabarlar tarqatishda ayblashgach, ijtimoiy tarmoq qalbaki xabarlar tarqalishi muammosi bilan shug‘ullanishga kirishdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda