
PayPal to‘lov xizmati asoschilaridan biri Piter Til Apple davri yakunlandi, deb hisoblamoqda. U bunday fikrni The New York Times nashri uchun savol-javoblar sessiyasi doirasida bildirdi.
Jurnalist tadbirkorga "Apple’ning yaxshi kunlari tugadi, deb hisoblash mumkinmi?" degan savoliga "Ha, buni tasdiqlayman. Biz smartfon qanday ko‘rinishi va u nima qilishini bilamiz. Tim Kukning bunda aybi yo‘q, biroq bu soha yana bir boshqa innovasiyalar tatbiq qilish mumkin bo‘lgan soha emas", deb javob berdi.
PayPal yaratuvchisi nafaqat Kremniy vodiysining muvaffaqiyatli tadbirkori, balki AQShning bo‘lg‘usi prezidenti Donald Tramp jamoasi a’zolaridan biri hisoblanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar