Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘i gif ko‘rinishidagi rasmlardan foydalanish uchun to‘lov joriy qilmaydigan bo‘ldi. Foydalanuvchilar o‘zaro yozishuvlar paytida bu rasmlarni bepul jo‘nata oladilar, tajriba tariqasida foydalanish davrida giflarni ishlatish uchun pul to‘laganlarga esa ular sarf etgan OK pul birliklari qaytarib beriladi. Sinov paytida olingan ma’lumotlar asosida ijtimoiy tarmoq ko‘ngil ochar hizmatlarni bepul va pullik ko‘rinishla rivojlantiradi.
Loyiha rahbari Anton Fedchin: «Gif-rasmlar tasmada juda ommabop, shu sababli biz ularning o‘zaro yozishuvlarda foydalanuvchilar uchun naqadar muhimligini bilish uchun tajriba o‘tkazdik. Olingan ma’lumotlar asosida biz OKda bepul va noyob pullik ko‘ngil ochar hizmatlarni rivojlantirish haqida qaror qabul qildik. OK Messages ilovasining asosiy hizmati bu gif rasmlarga o‘xshatib qurilgan UGC-kontent — «Jonli stikerlardir». Biz ushbu istiqbolli yo‘nalishni rivojlantirimoqchimiz».
OKda gif rasmlar almashinuvi xizmati 2015 yilning may oyida paydo bo‘lgan. Xozirgi kunga kelib foydalanuvchilar sutkasiga 1 mlrd gif jo‘natmoqdalar. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yildagiga nisbatan 133 marotaba o‘sdi. OK foydalanuvchilari gif rasmlarni nafaqat o‘z qaydlarida, balki shaxsiy yozishuvlarda ham jo‘natish va profil surati sifatida yuklash imkoniyatlariga ega. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Oʻzbekiston va rossiyalik olimlar koʻcha zoʻravonligini aniqlovchi neyron tarmoq yaratdi
Geely Galaxy: 2000 km zapasga ega 5 yangi model taqdim etildi
Xiaomi quloq tozalash uchun qurilma yaratdi
Apple oʻzboshimchalik bilan foydalanuvchi suratlarini skanerlay boshladi
Mark Tsukerberg endi Facebook va Instagramʼda faktcheking boʻlmasligini ma'lum qildi
Apple iOS 18’da sun'iy intellektning roli haqida ma'lumot beradi
iOS 18.2.1 chiqarildi: muhim xatoliklar tuzatildi!