22:07 / 25.01.2017
5 601

Er aholisining yarmidan ko‘pi hamon internetdan foydalanmaydi

Er aholisining yarmidan ko‘pi hamon internetdan foydalanmaydi

2017 yil boshiga kelib Er aholisining (3,9 milliard kishi) 51 foizi internetdan foydalanmaydi. Bu haqda Xalqaro elektr aloqa uyushmasi tadqiqotlarida so‘z yuritiladi, deb yozadi «Daryo».

Uyushma mutaxassislarining aniqlashicha, rivojlangan mamlakatlarda aholining 22 foizi internetdan foydalanmasa, eng kam rivojlangan mamlakatlarda bu ko‘rsatkich 85 foizni tashkil etadi. Ulardan 80 foizga yaqini Afrika va Osiyo—Tinch okeani hududida yashaydi. MDHda aholining uchdan bir qismi — jami 94 millionga yaqin kishi internetdan foydalanmaydi.

Ekspertlarning ta’kidlashicha, odamlarning tarmoqqa ulanishdan bosh tortishiga internet trafikning bahosi asosiy sabab bo‘lmoqda. Undan keyingi sabablar gadjetlar va elektr qiymatidir. Ba’zi mamlakatlarda madaniy o‘ziga xoslik, gender notenglik va til to‘sig‘ining mavjudligi ham internetga ulanishdan bosh tortishga sabab bo‘lmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Er aholisining yarmidan ko‘pi hamon internetdan foydalanmaydi