
Xitoyning Huawei kompaniyasi 2015 yilda chiqarilgan Huawei Watch aqlli soatining yangi versiyasini fevral oyining oxirlarida taqdim etishi mumkin, deb yozadi Terabayt sayti.
Huawei Watch 2 sportga xos dizaynda ishlanishi va smartfonga ulanmasdan qo‘ng‘iroqlarni mustaqil amalga oshirishi kutilmoqda. Albatta, buning uchun soatda SIM-karta sloti ko‘zda tutiladi. Shu bilan birga, soatga fitnes trekerlar ham o‘rnatilishi mumkin. Hozircha soatning boshqa texnik xususiyatlari oshkor etilmagan.
Katta ehtimol bilan aqlli soat MWC 2017 ko‘rgazmasida keyingi oda namoyish etiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar