date

Inqilob boshlandi: Odamlar Google o‘rniga ChatGPT’ni tanlamoqda — nega?

Inqilob boshlandi: Odamlar Google o‘rniga ChatGPT’ni tanlamoqda — nega?

Bir necha yil oldin odamlar biror masalani tushunish uchun uchta asosiy usuldan birini tanlardi: Internetda so‘rov yuborish, ta’limiy roliklar izlash yoki ovozli assistentga murojaat qilish. Hozirda esa aksariyat insonlar butunlay boshqacha yo‘lni tanlamoqda: chat-bot ochib, undan so‘raydi. Bugungi kundagi eng katta o‘zgarish — ChatGPT'ning axborot olishning yangi standartiga aylanganidir.

Chat-botning misli ko‘rilmagan o‘sishi

2022 yil 30 noyabrda ishga tushirilgan ushbu chat-bot bir necha oy ichida haftalik foydalanuvchilar sonini 100 millionga yetkazdi. 2025 yil oxirigacha bu ko‘rsatkich misli ko‘rilmagan darajaga — 800 milliongacha o‘sdi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadi: odamlarning axborotga munosabati haqiqatan ham o‘zgarmoqda.

Masalan, Pew Research Center ma’lumotlariga ko‘ra, katta yoshli amerikaliklarning 34 foizi (2023 yilga nisbatan qariyb ikki barobar ko‘p) va 30 yoshgacha bo‘lganlarning 58 foizi ChatGPT'dan foydalangan. AP-NORC so‘rovi esa AQShda sun’iy intellektdan foydalanadigan kattalarning 60 foizi ma’lumot izlash uchun aynan neyron tarmoqlarga murojaat qilishini ko‘rsatdi.

Google nima uchun "orqada" qolmoqda?

An’anaviy qidiruv tizimlari (masalan, Google) o‘z ahamiyatini saqlab qolgan bo‘lsa-da, ChatGPT paydo bo‘lishi bilan bu usul tubdan o‘zgarib ketdi. Endi odamlar birinchi navbatda yordam so‘rab murojaat qiladigan vosita — bu sun’iy intellektli chat-bot.

Buning sababi oddiy va tushunarli: ChatGPT ilgari qidiruv tizimlariga berilgan savollarga tezroq va aniqroq javob beradi. Endi havolalarni ko‘rib chiqish va har bir saytga kirib chiqishga ehtiyoj qolmadi — shunchaki «yordamchi» yozgan tayyor va umumlashtirilgan javobni o‘qib, kerakli ma’lumotni olish mumkin.

Shubhasiz, ma’lumot olishdagi bu qulaylik va o‘ta tezlik kelgusi yilarda bu bozoridagi hukmronlikni aniqlab beradi. ChatGPT va unga o‘xshash neyron tarmoqlar zamonaviy insonning axborotga bo‘lgan ehtiyojini yangi darajaga olib chiqdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Inqilob boshlandi: Odamlar Google o‘rniga ChatGPT’ni tanlamoqda — nega?