
O‘zbekistonda Sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarini rivojlantirish va qo‘llash uchun yangi etika qoidalari ishlab chiqildi. Bu qarorlar «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi, «Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida»gi qonunlar va prezidentning «Sun’iy intellekt texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoniga asoslangan holda qabul qilindi.
Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan loyihaga ko‘ra, SI tizimlarini ishlab chiquvchi, joriy etuvchi, tartibga soluvchi va ulardan foydalanuvchi barcha jismoniy va yuridik shaxslar uchun aniq etik qoidalar belgilangan.
Bu qoidalarning asosiy tamoyillari quyidagiga tayanadi:
- Qonuniylik: SI tizimlarini ishlatish va ularni rivojlantirish faqat qonuniy asosda bo‘lishi kerak.
- Shaxs, jamiyat, davlat va atrof-muhit manfaatlarini himoya qilish: SI texnologiyalarining asosiy maqsadi inson huquqlari va manfaatlariga hurmat qilish, ularning xavfsizligini ta’minlash.
- Tushunarlilik va ochiqlik: SI tizimlari qanday ishlashi, ularning maqsadi va natijalari aholiga aniq va tushunarli bo‘lishi kerak.
- Inson nazorati ostida bo‘lish: SI har doim insonning nazorati va rahbarligi ostida ishlash lozim.
- Mas’uliyat va javobgarlik: SI texnologiyalari odamlarning huquqlariga zarar yetkazmaslik, ularni kamsitmaslik va shaffof bo‘lishini ta’minlash kerak.
Sun’iy intellektni ishlab chiquvchi va joriy etuvchilar shaxsga doir ma’lumotlarning xavfsizligini ta’minlash va tizimning xatarlarini oldindan baholash uchun mas’uldirlar. Shuningdek, SIdan foydalanuvchilar qonunchilikka rioya qilishi, boshqalarning huquqlariga hurmat bilan qarash va SIdan mas’uliyat bilan foydalanish majburiyatiga ega.
Bu qoidalar SI texnologiyalarini inson huquqlari, jamiyat xavfsizligi va atrof-muhitni muhofaza qilish maqsadida ishlab chiqilgan bo‘lib, ularning ijrosi va monitoringiga katta e’tibor qaratiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.