
HTC kompaniyasining virtual reallik bo‘yicha sobiq vise prezidenti, jumladan, HTC Vive garniturasining dizaynini yaratgan Klod Zelveger bundan buyon Google’da DayDream platformasini takomillashtirish bilan shug‘ullanadi, deb yozmoqda Terabayt sayti.
Zelvegerning One & Co dizaynerlik byurosi 2008 yilda HTC kompaniyasi tomonidan xarid qilingan edi. Shundan buyon dizayner ham HTC jamoasida mehnat qilib kelgan va 2014 yilda vise-prezident lavozimiga tayinlangan. Google press-relizida aytilishicha, Zelveger qidiruv gigantida sanoat dizayni bilan bog‘liq yo‘nalishni boshqaradi.
HTC o‘z axborotida dizaynerga kompaniya mahsulotlarining rivojiga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildirgan va uning tajribasi Google’ga yaxshi samara keltirishiga umid bildirgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar