07:44 / 30.01.2017
5 419

Android’dan Android’ga kontaktlarni o‘tkazish

Android’dan Android’ga kontaktlarni o‘tkazish

Yangi Android-smartfon xarid qilgach, unga eskisidagi kontaktlarni ko‘chirib o‘tkazish kerak bo‘ladi. Terabayt.uz sayti quyida shu ishni tez va oson amalga oshirish usullarini ma’lum qildi.

1. Google akkaunti
Kontaktlarni ko‘chirib o‘tkazish uchun bizga Google akkauntimiz kerak bo‘ladi; odatda u qurilmani ilk yoqqanimizda yaratilgan bo‘ladi. Eski smartfonda akkauntimizga ulangach, undagi kontaktlarni sinxronlash (sinxronizasiya kontaktov) lozim. Buning uchun dastlab undagi «Sozlamalar», ya’ni «Nastroyki»ga kiramiz.

2. Akkauntni izlaymiz
Sozlamalar ro‘yxatidan «Akkauntы»ni bosamiz.

3. Akkauntlar ko‘p bo‘lishi mumkin
Bu erda sizning mazkur smartfondan foydalanishingiz jarayonida yaratilgan turli akkauntlaringiz aks ettiriladi, ular orasidan Google akkauntga kirish lozim.

4. O‘z akkauntimizni tanlaymiz
Qurilmani xarid qilgach, ilk bor yoqqanimizda ochilgan o‘z akkauntimiz ustiga bosamiz.

5. Sinxronizasiyani yoqamiz
Endi «Kontaktы» bandining ro‘parasiga belgi qo‘yamiz.

6. Yangi smartfonda ham…
Oldingi qurilmangizdagi kontaktlarni yuqorida ko‘rsatilgan tartibda sinxronlaganimizda, ular Google «bulutli» serverida saqlanayotgan akkauntimizga ko‘chiriladi va unda saqlanadi. Endi xuddi shu amallarni yangi smartfonda ham takrorlaymiz, shunda serverdagi akkauntimizdagi barcha kontaktlar unga ko‘chadi.

Eslatib o‘tamiz, akkauntlarni sinxronlash internet vositasida amalga oshiriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Android’dan Android’ga kontaktlarni o‘tkazish