2015 yilda Apple kompaniyasi kapitalizatsiyasi 1 trln dollardan oshadi


Cantor Fitzgerald agentligi tahlilchilarining taxmin qilishicha, AQShning Apple Inc. korporatsiyasining joriy yildagi kapitalizatsiyasi 1 trln dollardan oshadi. Bu haqda Market Watch resursiga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.
Apple aksiyalarining narxi 180 dollardan 195 dollarga ko‘tarilishi kutilmoqda; agar bu bashorat amalga oshsa, kompaniya kapitalizatsiyasi 1.1 trln ga yetadi.
“Ayni kunlarda kompaniyada tub o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda”, – deb xulosa qiladi Cantor Fitzgerald tahlilchisi Brayan Uayt.































Izohlar 0
…