19:36 / 03.02.2017
7 645

Insonning fikrini o‘qiydigan qurilma ixtiro qilindi

Insonning fikrini o‘qiydigan qurilma ixtiro qilindi

Shveytsariyalik olimlar tildan qolgan bemorlarning miyasidagi fikrlarni o‘qiydigan uskuna ixtiro qilishdi, deya xabar bermoqda Sof.uz sayti.

Kompyuterlashtirilgan dasturiy ta’minot bilan jihozlangan qurilma inson miyasidagi qonning kislorod miqdorini aniqlaydi hamda butkul falajlanib, gapira olmaydigan holatdagi bemorlar fikrini o‘qish orqali muloqot o‘rnata oladi.

Olimlar qurilmani 4 nafar bemorda sinovdan o‘tkazishdi. Bemorlar butunlay falaj holga tushgan bo‘lib, ko‘zlari yordamida ham muloqot qilishdan mahrum bo‘lishgan edi. Bemorlar o‘zlarining fikr to‘lqinlarini qurilma yordamida savollarga «ha» yoki «yo‘q» javobini berishgan. Shifokorlar ularning javoblarini yangi qurilma yordamida tushunishgan.

“Miya-kompyuter interfeysi” nomini olgan qurilma inson hayoti va markaziy nerv sistemasi faoliyati uchun zararsiz bo‘lib, u muloqot qilish qobiliyatidan mahrum bo‘lgan bemorlarga o‘z hissiyotlari va fikrlarni boshqalarga etkazishda yordam beradi.

Qurilmaning muvaffaqiyat qozonishi loyiha mualliflarini ham hayratga solgan. Shveytsariyadai “Viss” biologiya va nevroinjeneriya markazida tadqiqot olib borayotgan Nils Birbaumer fikricha, endilikda to‘liq falaj holiga tushgan bemorlar muloqot qilish imkonidan mahrum bo‘lmaydilar.

Uskuna bemorlarning javoblari «ha» yoki «yo‘q» bo‘lishini bosh miyadagi qon harakati va kislorod aylanishini o‘lchash orqali aniqlaydi. Tajriba natijasida berilgan 10 ta savoldan 7 tasida javob to‘g‘ri tushunilgani ma’lum bo‘ldi. Olimlar mazkur qurilmani yanada takomillashtirish ustida ish olib borishmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Insonning fikrini o‘qiydigan qurilma ixtiro qilindi