09:32 / 07.02.2017
6 022

Apple Hindistonda ishlatilgan iPhone’larni sotmoqchi?!

Apple Hindistonda ishlatilgan iPhone’larni sotmoqchi?!

Amerikaning Apple korporasiyasi Hindiston hukumatidan soliqlarni to‘lashda bir qadar yengilliklar berishni, shuningdek mamlakatda avval ishlatilgan iPhone smartfonlarini sotishga ruxsat berishni so‘radi. Bu haqda Bloomberg agentligiga tayanib Kun nashri xabar berdi.

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, Apple ayni damda respublika hududida aytilgan smartfonlar ishlab chiqarishni tashkillashtirish masalasini muhokama qilmoqda. Korporasiya hind hukumati bir qator yengilliklar berishidan umidvor bo‘lib turibdi. Ular orasida mamlakatda avval ishlatilgan iPhone qurilmalarini arzonlashtirilgan narxda sotish, Apple uchun 15 yilga soliq to‘lash borasida imtiyozlar berish, shuningdek bojlar miqdorini pasaytirish bor.

Bloomberg’ning ta’kidlashicha, Apple Hindiston hukumati bilan kelishuvga erishsa, Bangalor shahrida smarfonlar ishlab chiqarishni aprel oyi oxiridayoq boshlashi mumkin. Shu bilan bir qatorda, agentlik respublika hukumati ishlatilgan iPhone’larni sotish g‘oyasiga bir qadar salbiy munosabatda ekanini aytmoqda. Bu qurilmalarning narxi 200 dollardan kamroq bo‘lishi mumkin. Amaldorlarning fikricha, bu mamlakatdagi mobil uskunalar bozoriga salbiy ta’sir ko‘rsatishi aniq.

Bloomberg’ning ko‘rsatishicha, Hindiston hukumati avval hech bir kompaniyaga respublikaga ishlatilgan smartfonlarni olib kirib, sotishga ruxsat bermagan. Apple esa tegishli lisenziya berilsa, qurilmalar Hindiston hududida kerakli texnik xizmatdan o‘tishini va’da qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Apple Hindistonda ishlatilgan iPhone’larni sotmoqchi?!