Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasi prokuraturasi internet tarmog‘ida qotillikka buyurtma berish imkoni bo‘lgan saytni aniqlagan. Shundan so‘ng, sud mahkamasi ushbu ma’lumot tarqatilishini taqiqladi. Bu haqda Mintaqa prokuraturasi matbuot xizmatiga tayanib Kun nashri xabar berdi.
Ma’muriyatning sayt nomini oshkor etmagan holda ma’lum qilishicha, saytda Rossiya jinoyat kodeksining qotillik moddasi ta’siriga kiruvchi harakatlar reklama qilingan. Bunda istalgan kishi ro‘yxatdan o‘tmasdanoq saytga kirish va uning mazmunidan tanishish imkoniga ega bo‘lgan.
"Krasnoyarsk shahar prokurori so‘roviga muvofiq, internet tarmog‘ida joylashtirilgan va qotillikka buyurtma berish imkonini bergan ma’lumot sud tomonidan Rossiya hududida tarqatish taqiqlangan axborot sifatida tan olingan", — deyiladi xabarda.
Prokuraturada qayd etishlaricha, bu kabi axborotlar nafaqat ma’lum bir shaxslar huquqlarini, balki Rossiya Federasiyasi huquqiy me’yorlarini ham qo‘pol ravishda buzadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?