18:58 / 08.05.2015
6 921

Ericsson kompaniyasi Apple'ni sudga berdi

Ericsson kompaniyasi Apple'ni sudga berdi

Shvesiyaning telekommunikasion uskunalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Ericsson kompaniyasi, Apple korxonasi ustidan Germanii, Buyuk Britaniya va Niderlandiyada sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilgan. Bu haqda Reuters'ga asoslanib Kun.uz xabar tarqatdi.

Ericsson vakilining ma’lum qilishicha, kompaniya Apple bilan o‘z patenti ostidagi mahsulotlardan foydalanish bo‘yicha global shartnoma tuzish taklifi bilan chiqqan. Biroq bu muddat ham tugab bo‘lgan.

«Apple hozir ham Ericsson mahsulotlaridan foydalanib, foyda ko‘rishda davom etmoqda. Buning uchun ularda hech qanday amalda bo‘lgan lisenziya yo‘q. Bizning qurilmalar ko‘plab zamonaviy aloqa vositalarida qo‘llanib kelinmoqda. Germaniya Niderlandiya va Buyuk Britaniya sudlari mazkur masalada bizni qo‘llab-quvvatlashiga ishonchim komil», — deya gapirib o‘tdi Ericsson kompaniyasining intellektual mulk masalalari bo‘yicha direktori Qosim Al-Falahiy.

Oldinroq, Ericsson AQSh sudiga Apple'ning iPhone ishlab chiqarishi bo‘yicha da’vo arizasi kiritgani haqida xabar tarqatilgandi.

Ta’kidlab o‘tish joiz, o‘tgan yili Samsung Electronics kompaniyasi Ericsson bilan lisenziya masalasidagi tortishuv natijasida 650 mln dollar to‘lashga majbur bo‘lgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Ericsson kompaniyasi Apple'ni sudga berdi