Telegram asoschisi undan oyiga 62 mln kishi foydalanayotganini aytdi

Telegram asoschisi undan oyiga 62 mln kishi foydalanayotganini aytdi
Telegram asoschisi undan oyiga 62 mln kishi foydalanayotganini aytdi

Telegram loyihasi muallifi Pavel Durov undan oyiga 62 mln kishi foydalanayotganini aytdi. Bu haqda u TechCrunch nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb yozadi Kun.uz.

Uning bergan ma’lumotlariga qaraganda, messenjer orqali kuniga 2 mlrd xabar yo‘llanadi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yil dekabridan buyon deyarli ikki barobarga o‘sgan. Shu davr ichida faol foydalanuvchilar soni ham 50 mln dan 62 mln ga o‘sdi.
Qiyos uchun, WhatsApp messenjeridan oyiga 800 mln kishi foydalanadi. Uning foydalanuvchilari soni ham oxirgi bir yil ichida 2 barobarga oshdi.
Telegram tarmog‘ida kuniga 220 ming kishi ro‘yxatdan o‘tadi. Dekabr oyida bu ko‘rsatkich 145 ming kishiga teng.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar