11:48 / 17.02.2017
5 537

iPhone’da yangi sirli funksiya paydo bo‘ldi

iPhone’da yangi sirli funksiya paydo bo‘ldi

Ayfon qurilmasidagi Siri ovozli yordamchisi yangilanib, u Lego Batman filmidagi mashhur iboralar bilan boyitildi. Endi siz ayfoningizdagi raqamli yordamchiga Batcomputer uslubida murojaat qiladigan bo‘lsangiz, yordamchi sizga shu zahoti filmga xos jumlalar bilan javob qaytaradi, deb yozadi Terabayt sayti.

Buning uchun Siri yordamchisiga ingliz tilida «Puter» (pyute) yoki «Computer» (kompyute) so‘zlarini talaffuz qiling. Shunda virtual yordamchi sizga jiddiy ohangda «Betmen sizga qanday yordam bera oladi», «Janob, uyga xush kelibsiz. Robin g‘orda yana kostyumlarni o‘ziga o‘lchab ko‘radi» kabi film jumlalarida javob qaytaradi.

Siri yordamchisi foydalanuvchi bilan bu tariqa badiiy uslubda birinchi marotaba muloqotga kirishayotgani yo‘q. Bungacha Apple’ning bu tizimiga «O‘tmishga qaytib» va robotlar ishtirokidagi ko‘plab filmlar qahramonlarining ovoz va so‘zlari joriy qilingan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » iPhone’da yangi sirli funksiya paydo bo‘ldi