Biroz avval Odnoklassniki shaxsiy yozishmalar uchun API paydo bo‘lishini e’lon qilgan edi. Bugun esa ular o‘zining birinchi integrasiyasi xaqida xabar bermoqda. Brendlar mijozlar bilan muloqot qilishi uchun chatlar va boshqa aloqa vositalarini yaratuvchi LiveTex kompaniyasi ushbu loyiha xamkori bo‘ldi.
Ushbu integrasiya natijasida OK foydalanuvchilari kechayu-kunduz brendlar va kompaniyalar guruhlariga murojaat etishlari mumkin bo‘ladi. Yangi echim xozirda LiveTex bilan xamkorlik qilayotgan kompaniyalar guruxlari ishtirokchilari mavjud.
Ushbu tizim kompaniya menejeriga barcha ijtimoiy tizimdagi gurux ishtirokchilari bilan bir oyna usulida muloqot qilish imkoniyatini beradi. Shu bilan birga tizim murojaatlarni avtomatik tarzda bo‘sh menejerlar o‘rtasida taqsimlaydi va javob berish tezligini oshiradi, xamda javobsiz murojaatlar qolib ketishining oldini oladi.
Ushbu tizimdan birinchilardan bo‘lib «Yulmart» kompaniyasi bo‘ldi. Kompaniyaning “Sifat” yo‘nalishi rahbari Artemiy Semenovning so‘zlariga ko‘ra Odnoklassnikida xozirgi vaktgacha foydalanuvchilar bilan muloqot avtomatlashtirilmagan edi, yangi echim esa javob berish vaqtini qisqartiradi va ijtimoiy tizimning kattarok auditoriyasini qamrab olishga yordam beradi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Oʻzbekiston va rossiyalik olimlar koʻcha zoʻravonligini aniqlovchi neyron tarmoq yaratdi
Geely Galaxy: 2000 km zapasga ega 5 yangi model taqdim etildi
Xiaomi quloq tozalash uchun qurilma yaratdi
Apple oʻzboshimchalik bilan foydalanuvchi suratlarini skanerlay boshladi
Mark Tsukerberg endi Facebook va Instagramʼda faktcheking boʻlmasligini ma'lum qildi
Apple iOS 18’da sun'iy intellektning roli haqida ma'lumot beradi
iOS 18.2.1 chiqarildi: muhim xatoliklar tuzatildi!