Logitech xatosi Macda mashhur sichqonlarni ishdan chiqardi

Apple’ning Mac kompyuterlari egalari Logitech qurilmalari bilan kutilmagan nosozlikka duch keldi: 2026 yil 6 yanvar kuni kechqurun Options+ ilovasi butun dunyo bo‘ylab ommaviy ravishda ishga tushmay qoldi. Muammo sababi oddiy — kompaniyada mas’ullar Apple ishlab chiquvchi sertifikatini o‘z vaqtida yangilashni unutgan. Bu haqda playground.ru xabar beradi.
Nosozlik MX Master kabi flagman sichqonlar va G HUB orqali ishlaydigan o‘yin periferiyasining imkoniyatlariga ham ta’sir qildi. Brend dasturisiz makroslar, gesture’lar va qo‘shimcha tugmalarni sozlash kabi funksiyalar ishlamaydi, qurilmalar esa amalda oddiy ofis sichqoniga aylanib qoladi.
Logitech muammoni tan oldi va tez orada tuzatish chiqarilishini aytdi, biroq aniq muddat hozircha ochiqlanmadi. Ayrim foydalanuvchilar vaqtinchalik yechim sifatida tizim sanasini o‘zgartirishni sinab ko‘rgan, ammo bu usul tarmoq protokollari va boshqa xizmatlar ishlashiga xalaqit berishi mumkinligi sabab tavsiya etilmaydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!