11:07 / 16.05.2015
5 952

UMS bosh direktori Dmitriy Nagornыy bilan intervyu

UMS bosh direktori Dmitriy Nagornыy bilan intervyu

O‘zbekiston mobil aloqa bozorida yangi UMS operatorining ishga tushirilganiga 5 oydan oshdi. Dmitriy Nagornыy kompaniya bosh direktori sifatidagi ilk intervyusida aloqa operatorini ishga tushirishdan avval qanday vazifalar turgani, bu yil abonentlarni qanday yangiliklar kutayotgani, “chiroyli” raqamlarning narxi nega qimmatligiga to‘xtalib o‘tdi, deb xabar bermoqda uz24.uz.

– Ma’lumki, O‘zbekistonga kelishingizdan avval Siz “MTS” OAJning Oltoy o‘lkasidagi fililalini boshqarib kelgansiz. Bu erda bosh rahbarlikni qanday olib borayapsiz?

– Tan olish kerak, UMS ning texnik va tijoratli ishga tushirilishining muddati murakkab loyiha edi. O‘ylab o‘tirishga vaqt ham etmasdi. Ikki oy ichida aktivlarni qabul qilish, inventarizasiya qilish, Toshkent shahri hamda hududlar uchun 800 nafar xodimlarni saralash, tarmoq auditi va uni ishga tushirish, yangi billingni o‘rnatish, aloqa markazini yaratish, dilerlik tarmoqlarini shakllantirish va hakozo ishlarni amalga oshirish kerak edi. Bularning bari non-stop tartibida, dam olishsiz va deyarli kechayu kunduz ishlashni talab etdi.

O‘zbekiston mobil biznesi rivoji uchun qulay mamlakat. Bu erda ijtimoiy faol va Internetga ehtiyoji bor yoshlar ko‘p. Yoshi kattalar esa imkoni boricha o‘zaro muloqotni mamnuyat bilan uzoq davom ettirishadi. Demak biz ularga bu borada imkoniyat yaratishimiz darkor.

– O‘zbekistonda Rossiyaga nisabatan tadbirkorlikni yuritish farqlanadi. Birinchi galda nimaga ko‘nikishingizga to‘g‘ri keldi?

– Biznesni yuritishdagi farq ularga ko‘nikishga olib keldi, deya olmayman! To‘g‘risi mahalliy ishbilarmonlik muhitining asosiy jihatlarini tushunishga qanchadir vaqt ketdi. Yurtingizda ishbilarmonlik muloqotining o‘ziga xos xususiyati bor: biznesga tegishli barcha savollar vazminlik bilan, hovliqishlarsiz ko‘rib chiqiladi. Ishga mulohaza bilan yondoshish esa maqsadli va ob’ektiv qarorlarni qabul qilishda katta yordam beradi.

– Bosh rahbarlikni taklif qilishganda Sizga qanday vazifalar qo‘yildi?

– Birinchi o‘rinda respublika aloqa operatorini qisqa fursatda va samarali ishga tushirishni tashkillashtirish. Aytib o‘tganimdek, qisqa vaqtda UMS jamoasi uskunalarni ishga tushirish va chakana tarmoqlarni ochish bo‘yicha jiddiy ishlarni bajardi. Keyingi o‘rinda esa biznesning samarali iqtisodiy modelini shakllantirish, ziyonsiz chiqish. Bunga 2015 yilda e’tibor qaratiladi.

Agar global vazifalar haqida gapiradigan bo‘lsam, mobil operatori abonentlar talabi bilan qadam ba qadam odimlashi zarur. Ularning talabi doimo o‘sib boradi, biz esa ular kutgan darajaga mos kelishga intilamiz.

– UMS ning O‘zbekistonda ishga tushganiga salkam yarim yil bo‘lmoqda. Abonentlar oqimining ko‘payishi va kamayishi bo‘yicha dastlabki natijalar qanday?

– Abonentlarning ko‘payishi bo‘yicha alohida qayd etish kerak, biz abonentlar bazasini “nol”dan boshladik. 2014 yilning so‘nggida kompaniya 180 mingdan ziyod kishilarga xizmat ko‘rsatdi, bugun ham ularning soni kundan-kunga faol tarzda ortib bormoqda. O‘sish dinamikasi bizni qoniqtiradi.

– UMS kompaniyasi O‘zbekiston hududida birinchi bo‘lib HD Voice texnologiyasini joriy etdi. Ushbu keng polosali ovoz haqida kengroq so‘zlab bersangiz, abonentlar uchun qanchalik farq bor?

– HD Voice “kristal ovoz” texnologiyasidir. U nutqni aniq ta’minlaydi, hamsuhbatining ovozini o‘zgartirmaydi va shovqinni pasaytirish effektiga ega.

HD Voice da chastota diapazoni 50 Gs-7 kGs, bu tarqalgan 300 Gs-3kGs dan farqlanadi.

Bu texnologiya UMS ning barcha abonentlari uchun xizmat qiladi. Boshqa hech qanday qo‘shimcha sozlamalar kerak emas, faqat 3G ga ega sim-kartani telefonga o‘rnatish etarli. “Kristal ovoz”ning effekti qachonki o‘zaro gaplashayotgan abonent 3G UMS amal qiladigan hududda bo‘lsa yanada yaxshi seziladi.

– Nima deb o‘ylaysiz, yaqin ikki yil ichida UMS mobil aloqa bozorida etakchi o‘ringa chiqa oladimi?

– Albatta, barcha yirik tashkilotlarda bo‘lgani kabi UMS oldida ham ushbu bozorda o‘sish, rivojlanish bo‘yicha jiddiy maqsadlar turibdi va bunga faoliyatimizning har bir kuni bag‘ishlangan. Hozirda UMS abonentlarga jahon standartlariga javob beruvchi aloqa xizmatini, raqobatbardosh tariflarni, yuqori tezlikdagi ma’lumotlarni tarqatish xizmatini taqdim etmoqda. Bu hali boshlanishi.

– 3G tarmog‘ini modernizasiya qilish qanday kechmoqda?

– Hozirda 3G tarmog‘ini modernizasiya qilish uchun ikkita imkoniyat mavjud. Chastota resursini kengaytirish baza stansiyalari sektori sig‘imini hamda Internet tezligini oshirishga imkon beradi. Shuningdek, UMTS – HSPA+ (tezlik 21 Mb/s gacha), Dual i Triple Carrier – HSPA+ (42 gacha va 63 Mb/s) standartlari doirasida yangi texnologiyalarni joriy etish mumkin. Bu ikki usulni qo‘llash 2015 yilga mo‘ljallangan.

– UMSda aboentlarga sifatli xizmat ko‘rsatishda qanday usullar qo‘llaniladi?

– Abonentlarning har bir murojaati uchun xizmat markazi hamda aloqa markazi orqali xodimlarning muomalasi va hatto mutaxassislarning nutqi ham e’tiborga olingan. Xususan, mijozlar bilan muloqot uchun ssenariy ishlab chiqilgan, unda savollarga qanday javob berish, ma’lumotni qabul qilish va qanday yordam berish yozib qo‘yilgan. Aloqa markaziga qilingan qo‘ng‘iroqlar yozib olinadi, bu haqda abonent ogohlantiriladi. Bu servis darajasini ko‘tarish maqsadida qilinadi.

– Mobil aloqa operatorlarining abonentlari ijtimoiy tarmoqlarda aloqa sifatini ko‘p muhokama qilishadi. Kompaniya ushbu fikrlarga e’tibor beradimi va ularni o‘rganib chiqadimi?

– Ijtimoiy tarmoqlar kommunikasiyaning muhim vositasidir. Abonentga koll-markazga qo‘ng‘iroq qilib, bevosita mutaxassislar bilan muammoni muhokama qilishdan ko‘ra, o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi yoki ommabop guruhlarda aytib olish qulay. Biz buni tushunamiz va bizga Internetni abonentlar bilan bog‘lanish vositasiga aylantirish vazifasi qo‘yilgan.

Shunday bo‘lsa-da, eslatib o‘tmoqchi edim-ki, abonentlar ijtimoiy tarmoqlardagi abstrakt izohlardan ko‘ra, kompaniyamizning mutaxassislariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilishsa, ularni qiynayotgan masalaga tezroq va natijali javob olishadi.

– Ko‘plab abonentlarni UMSning “chiroyli” raqamlari nega qimmat, degan savol ham qiynasa ajabmas. Ushbu narxlar qanday o‘rnatiladi?

– “Chiroyli” raqamlar bizning bozorimizdagi talabgor mahsulot, bunda ularning soni ob’ektiv sabablarga ko‘ra cheklangan. Raqamlar o‘zining biznesida shunday investisiyalarni qilishni istaydigan va bunga tayyor odamlar uchun mo‘ljallangan. Bunday raqamlar qiruvchi qo‘ng‘iroqlar soni ko‘p bo‘lgan, masalan, taksi yoki koll-markaz kabi xizmat ko‘rsatish sohasida o‘zini oqlaydi.

– 2015 yilda UMS yana qanday loyihalarni amalga oshiradi?


– Biz asosiy kuchimizni xizmat ko‘rsatishning yuqori sifatini qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud xizmatlarni yaxshilaydigan echimlarga yo‘naltirishni rejalashtirganmiz. Jumladan, yangi abonentlar uchun ko‘p sonli bepul bonus daqiqalar va SMSlar bilan bir necha maxsus ijtimoiy takliflarni tayyorlaganmiz.

Qolaversa, Qamchiq dovonida aloqa sifati bilan bog‘liq muammoni hal etish imkonini beruvchi ijtimoiy loyiha ishlab chiqilmoqda. Boshqa rejalar haqida esa oldindan gapirmoqchi emasman. Hammasini vaqt ko‘rsatadi!

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » UMS bosh direktori Dmitriy Nagornыy bilan intervyu