15:40 / 21.02.2017
6 096

Rossiyada 3D-printerda chop etilgan birinchi uy paydo bo‘ldi

Rossiyada 3D-printerda chop etilgan birinchi uy paydo bo‘ldi

Moskva viloyatining Stupino tumanida mobil 3D-printer texnologiyasi yordamida Rossiyada birinchi turar-joy barpo etildi. Bu haqda «RIA Novosti»ga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.

«Rossiya qurilishi tarixida ilk bor uy panellar yordamida yig‘ilmay, to‘lig‘icha chop etildi. Maydoni 38 kvadrat metr bo‘lgan bir qavatli uyni chop etish kompaniyaning Stupinodagi zavodi hududida amalga oshirildi. Buning uchun bir sutkadan kamroq vaqt ketdi», — deyiladi Apis Cor xabarida.

Ma’lumot uchun, og‘irligi 2,5 tonna bo‘lgan qurilish 3D-printeri sutkasiga 100 kvadrat metrgacha fibrobeton devor tayyorlash imkoniyatiga ega.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Rossiyada 3D-printerda chop etilgan birinchi uy paydo bo‘ldi