Microsoft kompaniyasi Android tizimidagi smartfonlar uchun Skype messenjerining "yengillashtirilgan" versiyasini taqdim etdi. Skype Lite nomini olgan ushbu ilova kuchsiz smartfonlar va internet sifati past bo‘lgan mamlakatlar uchun mo‘ljallangan. Bu haqda TechCrunch'ga tayanib Kun.uz xabar berdi.
Internet sifati yomonlashganda ilova ushbu tezlikka moslashadi va buning natijasida foydalanuvchi xabar va qo‘ng‘iroqlar funksiyasini noqulayliklarsiz ishlatishi mumkin.
Birinchi bosqichda ilova Hindistonda ishlaydi. Ilova hajmi 13 MB bo‘lib, u Android 4.0.3 va undan yuqori bo‘lgan versiyadagi smartfonlarda ishlaydi. Hozirda kompaniya ushbu servis boshqa mamlakatlarda qachon ishga tushishi haqida ma’lumot bermadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi