Oyna videoregistrator funksiyasini oladi hamda taxminiy hodisalar haqida xabar beradi. Bu xabarlar haydovchiga o‘zini rul ortida dadil his qilishga yordam beradi.
Oynaning ekrani diagonali 8,8 dyuymni, ko‘rsatish qobiliyati 1920x480 nuqtani tashkil qiladi. Unga GPS va Wi-Fi modullari hamda 4G Netcom adapteri o‘rnatiladi.
Oyna 6-elementli ob’ektivli kamera va OmniVision 1/2.9 sensori oladi. U yordamida 1080p / 30FPS sifatdagi videoni yozib olish mumkin bo‘ladi. Kameraning ko‘rish burchagi 160 gradusni tashkil qiladi. Ma’lumotlarni saqlash uchun 64 Gb li microSD kartasi ishlatiladi.
Aqlli oyna harakat polosasidan chiqib ketish va old tomondan urilish ehtimolidan ogohlantiradi. Oynani smartfon orqali boshqarish mumkin bo‘ladi.
"Aqlli" orqani ko‘rish oynasi narxi 999 yuanni tashkil qiladi.




Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar