
26 fevralda LG kompaniyasi Barselonada o‘zining yangi G6 smartfonini taqdim qildi.
Kutilganidek, qurilma Snapdragon 821 prosessorida ishlaydi va QHD+ (1440 x 2880 piksel) ko‘rsatish qobiliyatiga ega va burchaklari dumaloqlangan 5,7 dyuymli ekran bilan jihozlangan.
Qurilma ikkita 13 Mp li kamera bilan jihozlangan. O‘z navbatida, 5 Mpli sensorli old kamera 100 graduslik ko‘rish burchagiga ega va bu instagramm uchun kvadrat shaklidagi suratlar olishga imkon beradi.
Bundan tashqari, smartfon 3300 mA-soat hajmli akkumulyator olgan, Google Assistant aqlli yordamchisi, IP68 standarti bo‘yicha suv va changdan himoyaga ega. Ma’lum qilinishicha, LG G6 uch xil rang: platina, qora va kulrangda taklif qilinadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar