11:03 / 20.05.2015
8 344

Toshkentda navigatorlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Toshkentda navigatorlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Toshkentda 19 may kuni VIII Respublika innovasion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasi o‘z ishini boshladi. Muntazam ravishda o‘tkaziladigan yarmarka fan va ishlab chiqarish o‘rtasida kooperasion aloqalarni ta’minlash bo‘yicha amaliy mexanizmga aylanib ulgurdi. Bu yarmarka 8 yil davomida innovasion jarayonning ishtirokchilarini qo‘llab-quvvatlovchi o‘zaro hamkorlikning barcha darajalarini o‘zida mujassam etgan holda fan, ta’lim, ishlab chiqarish va biznesni samarali birlashtirishga imkoniyat yaratib kelmoqda, deb yozadi Kun.uz.

VIII Respublika innovasion g‘oyalar, texnologiya va loyihalar yarmarkasida innovasion ishlanmalar ekspozisiyasi quyidagi yo‘shnalishlar bo‘yicha o‘tkaziladi: ishlab chiqarish, axborot texnologiyalari, sog‘liqni saqlash va farmasevtika, qishloq xo‘jaligi, fan va ta’lim, yuqori texnologiyalar.

Yarmarka doirasida “O‘zavtosanoat” AJ stendida O‘zbekiston avtomobilsozlik sohasida faoliyat yurituvchi 15 korxona tomonidan taqdim qilingan innovasion ishlanmalar va yangi texnologiyalardan qaysi sohalarda foydalanish mumkinligi namoyish etildi. Bu ishlanmalar orasida zaharli chiqindilarni utillashtirish texnologiyasi, energiya resurslarini (suv, siqilgan havo, yonilg‘i) me’yorlashtirishning ilmiy asoslangan metodlari va ularni tejash bo‘yicha texnik-tashkiliy tadbirlar bor.

Toshkentdagi Turin politexnika universitetining stendida yo‘ldoshli navigasiya tizimi namoyish etildi. Ushbu tizimni ta’lim muassasasida biznes inkubator loyihasi doirasida takomillashtirish rejalashtirilmoqda. Yaqin orada universitet hududida tashkil etilgan ishlab chiqarish firmasi ushbu navigatorlarni o‘rnatishni boshlaydi, keyinchalik esa ularni ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

Yarmarka davomida 600 ga yaqin innovasion g‘oyalar va ishlanmalar namoyish etilishi rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Toshkentda navigatorlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi