Taniqli insayder Evan @evleaks Blass o‘z mikroblogida Janubiy Koreya kompaniyasining yangi qurilmasi fotosuratlarini taqdim etdi.
"O‘ylashimcha, bu - siz uzoq kutgan narsa", - deya izoh bergan Blass sizib chiqqan fotosuratga.
Tasvirga ko‘ra, Galaxy S8 smartfonida Home tugmachasi bo‘lmaydi, displeyning yon tarafidagi ramkalar esa deyarli yo‘qoladi. Shuningdek tepa qismda ko‘zning rang pardasini skanerdan o‘tkazishga mo‘ljallangan maxsus datchik ham bo‘ladi. U Galaxy Note 7’da ham bo‘lgandi.
Avvalroq sizib chiqqan ma’lumotlarga ishonadigan bo‘lsak, Samsung yangi qurilmasi ikki nusxada chiqadi: diagonali 5,8 va 6,2 dyuymga teng displeylarda. Har ikki nusxa ham simsiz quvvatlantirish funksiyasiga ega bo‘lib, chang va namlikdan himoyalangan.
Fevral oyi oxirida Janubiy Koreya kompaniyasi yangi smartfonning taqdimotiga taklifnomalar jo‘nata boshladi – u Nyu-Yorkda 29 mart kuni bo‘lib o‘tadi. Kompaniya bo‘lajak qurilmaning o‘ziga xos jihatlari haqida hech qanday ma’lumot bermadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Suvning fanga noma’lum bo‘lgan yangi xususiyati topildi
Polsha generali: “Rossiya va Belarus bilan chegarada minalangan maydonlarni o‘rnatish kerak”
Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi
Rossiyada Ishim daryosidagi suv sathi tarixiy rekordni yangiladi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi
Kim Chen In iqtisodni jonlantirish uchun Rossiya bilan aloqalarni mustahkamlashga intilmoqda
Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi”