date

"Parolni o‘zgartirish" iborasi o‘rniga "o‘ronni o‘zgartirish"mi?

"Parolni o‘zgartirish" iborasi o‘rniga "o‘ronni o‘zgartirish"mi?

2025 yil iyul oyida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi tomonidan 40 ta xorijiy so‘zning o‘zbekcha muqobillari tasdiqlangan edi. Shulardan biri – keng qo‘llaniladigan “parol” so‘zining “o‘ron” deb almashtirilganidir.

Yangi atama birinchi bo‘lib davlat xizmatlarida, jumladan, Elektron raqamli imzo tizimida qo‘llanila boshlandi. Natijada “parolni o‘zgartirish” iborasi o‘rniga “o‘ronni o‘zgartirish” degan jumla paydo bo‘ldi. Bu esa ko‘plab foydalanuvchilar orasida tushunmovchilik va kulgili holatlarga sabab bo‘lmoqda.

Tarmoq foydalanuvchilari ushbu o‘zgarishga turlicha munosabat bildirmoqda. Ayrimlar bu harakatni tilni rivojlantirish yo‘lidagi urinish deb qabul qilgan bo‘lsa, boshqalar yangicha atama oddiy odamlar uchun tushunarsiz bo‘lib qolganini aytmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » "Parolni o‘zgartirish" iborasi o‘rniga "o‘ronni o‘zgartirish"mi?