14:33 / 06.03.2017
5 994

Facebook yangi funksiyani ishga tushirdi

Facebook yangi funksiyani ishga tushirdi

Facebook foydalanuvchilar yolg‘on xabarlarni aniqlasa, bu haqda ochiq ma’lum qilishi mumkin bo‘lgan funksiyani ishga tushirdi. Endilikda bunday xabarlar yonida ularning haqqoniyligiga shubha bor ekanidan ogohlantiruvchi maxsus belgilar paydo bo‘ladi, deb yozmoqda Kun nashri.

Funksiya Facebook vakillari avval ma’lum qilganidek ishlaydi. Ijtimoiy tarmoq yangiliklar lentasida “soxta” xabarni payqagan foydalanuvchilar tegishli post qismlaridan biriga bosishadi hamda bu ma’lumot ularga shubhali bo‘lib tuyulganini bildirishlari mumkin.

Shundan so‘ng xabar ijtimoiy tarmoq bilan hamkorlik qiluvchi maxsus sayt va kompaniya ekspertlari tomonidan tekshiriladi. Agarda axborot haqiqiy emas yoki shubhali deb topilsa, bunday xabar ustida ichida undov belgisi bo‘lgan uchburchakli qizil kvadrat belgisi chiqadi. Foydalanuvchi berilgan ilova orqali nima uchun u yoki bu ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini o‘qib chiqishi mumkin.

Bundan tashqari, Facebook ijtimoiy tarmoq messenjeri foydalanuvchilari “dizlayk”lardan foydanishi mumkinligini e’lon qildi. Pastga bo‘rtib turgan katta barmoqli musht ko‘rinishidagi belgilar faqatgina “smayliklar” bo‘limida bor bo‘lib, “layk”lar bo‘yicha o‘z fikrini bildirishga mo‘ljallanmagan. Ularning asosiy funksiyasi messenjer orqali suhbatdoshi bilan muloqotda tezroq “yo‘q” deyishni ifoda etish.

Facebook "dizlayklarni" hozircha faqatgina sinovdan o‘tkazmoqda, shuning uchun undan barcha foydalana olmaydi.

Facebook – dunyodagi eng etakchi ijtimoiy tarmoqlardan biri. 2004 yilning 4 fevral kuni unga Mark Sukerberg va uning uch nafar kursdoshi tomonidan asos solingan. Ayni damda Sukerberg Facebook kompaniyasi rahbari sanaladi. Ijtimoiy tarmoqning har oylik auditoriyasi butun dunyo bo‘ylab 1,86 mlrd kishini tashkil etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Facebook yangi funksiyani ishga tushirdi