13:25 / 07.03.2017
7 084

Telegram eng ko‘p ishlatiladigan davlatlar aniqlandi. O‘zbekiston etakchilardan biri

Telegram eng ko‘p ishlatiladigan davlatlar aniqlandi. O‘zbekiston etakchilardan biri

Combot servisi Telegram messenjeri qaysi mamlakatlarda ommabop ekanini aniqladi.

Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, ular o‘z hisob-kitoblarini Google Play va iOS Store ma’lumotlari asosida olib borgan. Bunda ilovani o‘rnatish miqdori, faol foydalanuvchilar taxminiy soni, shuningdek u yoki bu mamlakatdagi internet-auditoriya hajmi e’tiborga olindi, deb yozadi Kun nashri.

2017 yilning yanvar oyi holatiga ko‘ra Telegram Eronda eng ommabop ekan – bu erda uni internet foydalanuvchilarning 44,7 foizi ishlatadi. Malayziya va O‘zbekiston ikkinchi va uchinchi o‘rinni egalladi (18,3 foiz hamda 16,2 foiz).

Shuningdek Singapur (11,3 foiz), Ispaniya (10,6 foiz), Italiya (10,5 foiz), Saudiya Arabistoni (9,9 foiz), Braziliya (8,7 foiz), BAA (7,9 foiz) va Niderlaniyada (7,1 foiz) ham ancha yuqori ko‘rsatkichlar qayd etilgan. Rossiya reytingning 11-o‘rnidan joy oldi: Pavel Durovning atigi 6,3 foizi hamyurti uning messenjeridan foydalanadi.

Telegram’ni Buyuk Britaniya (1,3 foiz), Hindiston (1,7 foiz), Misr (3 foiz), Turkiya (3,3 foiz) va Ukrainada (3,4 foiz) eng kam odamlar ishlatadi.

Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, statistikada desktopli nusxa va norasmiy ilovalar o‘rnatilishi hisobga olinmagan. Bundan tashqari, reytingga Telegram’ni kamida 1 mln. aholisi o‘ziga o‘rnatib olgan mamlakatlargina kiritildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Telegram eng ko‘p ishlatiladigan davlatlar aniqlandi. O‘zbekiston etakchilardan biri