Google insondan beriladigan buyruq asosida uydagi elektr asboblarni nazorat qiluvchi o‘yinchoqqa patent olish uchun ariza topshirdi, deb yozadi Kun.uz.
AQSh Patentlar va tovar belgilari boshqarmasining saytida chop etilgan hujjatga ko‘ra, o‘yinchoqlar Wi-Fi ga ulangan mikrofon, akkumulyator, kameralar, karnaylar bilan jihozlanadi, ular o‘z egalariga boshlari bilan burilib, uning buyruqlarini tinglab, ularni masofadan turib kerakli qurilmaga uzata oladi.
Ushbu qurilmaga patent olish uchun ariza 2012 yilda topshirilgan, biroq yaqindagina SmartUp kompaniyasi tomonidan aniqlandi. Kompaniya vakillari bu ishlanmani “Google yaratgan eng nobop ishlanmalardan biri deb atadi”.
Bi-Bi-Si korporasiyasining ma’lum qilishicha, Google kompaniyasining vakili bu loyihaning amalga oshirilishi borasidagi savolga javob bera olmagan. U kompaniya xodimlarining ko‘plab loyihalari patentlanishini, biroq bu g‘oyalar albatta hayotga tatbiq etilishini anglatmasligini ta’kidlab o‘tgan.
Google ning arizasida bu “odamga o‘xshash mexanizm qo‘g‘irchoq yoki o‘yinchoq ko‘rinishida ishlab chiqarilishi va bitta yoki bir nechta media-qurilmalarni boshqarishi mumkin” deyilgan.
Google muhandislari ushbu qurilmani yumshoq ayiqcha ko‘rinishidagi eskizlarini tayyorlashgan. Bu qurilma foydalanuvchining uyida u bilan birga aloqa qilib, uning barcha buyruqlarini bajaradi. Yani qurilma inson va elektron qurilmalar orasida “tarjimon” bo‘la olishi kerak, ya’ni inson o‘yinchoqqa televizorni yoqishni buyursa, uning ichidagi kompyuter buyruqni tahlil qilib va uni bajarishi lozim.
Nazariy jihatdan Google ning yumshoq o‘yinchog‘i kompyuterlar, yoritish qurilmalari, muzlatgichlarni ovozli buyruqlar yordamida boshqara olishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?