Google Play do‘konida 13 ta ziyon etkazuvchi ilova mavjudligi aniqlandi, ular aldov yo‘li bilan Instagram foydalanuvchilarining login va parollarini qo‘lga kiritib olgan. Bu haqda Gazeta.Ru'ga tayanib Terabayt.uz xabar bermoqda.
Mazkur dasturlar foydalanuvchiga obunachilar va izohlar sonini oshirish evaziga Instagram akkauntini mashhur qilib berishni va’da qilishgan. Buning uchun login va parol talab etilishi ma’lum, albatta. Foydalanuvchilardan olingan mazkur shaxsiy ma’lumotlar esa jinoyatchilarga yuborilgan.
Ayni damda ushbu ilovalar Google Play marketidan o‘chirilgan, biroq bungacha ularni o‘rnatishlar soni bir yarim milliondan oshib ulgurgan. Shu tariqa, mazkur dasturlarni o‘rnatib olganlarning akkauntlari, agarda tez orada parollarini o‘zgartirishmasa, jinoyatchilar tomonidan buzilishi xavfi mavjud. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi
O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi?
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi
Sharmandaga shahar keng
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida