date

YouTube Premium Lite’ga fon va oflayn yuklash qo‘shildi

YouTube Premium Lite’ga fon va oflayn yuklash qo‘shildi

YouTube Premium Lite obunasiga Background Play (fon rejimi) va Downloads (videolarni yuklab olish) funksiyalari qo‘shildi, deb Rozetked sayti xabar berdi. Endilikda ushbu tarif obunachilari aksariyat videolarni reklamasiz, oflayn va fon rejimida tomosha qilishlari mumkin.

YouTube Premium Lite oyiga 7,99 dollar (taxminan 100 000 so‘m) narxda taklif etilmoqda. Yangi imkoniyatlar bugundan boshlab bosqichma-bosqich joriy etiladi va yaqin haftalar ichida Premium Lite mavjud bo‘lgan barcha hududlarda ishga tushadi.

Kompaniya ma’lum qilishicha, mazkur funksiyalar o‘tgan yili yangi mamlakatlarda test jarayonlari kengaytirilganidan so‘ng foydalanuvchilar fikr-mulohazalari asosida qo‘shilgan.

Shu bilan birga, standart YouTube Premium obunasi barcha videolarni reklamasiz, fon va oflayn rejimda — jumladan musiqiy kontent hamda YouTube Music Premium xizmati orqali — tomosha qilish uchun talab etiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » YouTube Premium Lite’ga fon va oflayn yuklash qo‘shildi