17:27 / 18.03.2017
12 131

UzMobile davlat saytlaridan bepul internet asosida foydalanish imkonini yaratdi

UzMobile davlat saytlaridan bepul internet asosida foydalanish imkonini yaratdi

UzMobile Milliy operatori Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi bilan hamkorlikda o‘z abonentlariga internet tarmog‘ida davlat organlarining saytlariga bepul ulanish imkoniyatini yaratdi. Bu haqda 18 mart kuni jamoatchilik vakillari uchun tashkil etilgan brifingda ma’lum qilindi, deb yozmoqda Uz24.uz sayti.

Abonentlar endi O‘zbekiston Prezidentining Virtual qabulxonasi (pm.gov.uz), Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz), Hukumat portali (gov.uz), shuningdek davlat organlarining saytlaridan bepul trafikda foydalanishlari mumkin.

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasida elektron hukumat tizimini samarali rivojlantirishga ham alohida urg‘u qaratilgan. Joriy yilda mamlakatimizda internetga ulanish ham sifat, ham tezkorlik jihatdan yanada yaxshilanib, davlat idoralari xizmatchilari va aholining kompyuter savodxonligini oshirish yuzasidan o‘quvlar amalga oshiriladi.

Birgina 2017 yilning o‘zida aholi turmush tarzini qulay bo‘lishiga xizmat qiladigan 50 dan ziyod eng muhim xizmatlar interaktiv shaklga o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » UzMobile davlat saytlaridan bepul internet asosida foydalanish imkonini yaratdi