19:19 / 18.03.2017
6 408

Apple xodimi iPhone 8’ning inqilobiy texno-jihatini aytdi

Apple xodimi iPhone 8’ning inqilobiy texno-jihatini aytdi

Apple korporasiyasining mobil texnologiya istiqboliga oid rejalari The Wall Street Journal nashrining iPhone 8 smartfoni xususidagi maqolada yoritildi. Nashrga yaqin bo‘lgan Apple xodimlarining biri brendning keyingi rejalari to‘g‘risida ma’lum qilgan. Jumladan, navbatdagi ayfonning inqilobiy kamera texnologiyasi bilan ta’minlanishi, infraqizil kamera moduli qarshisidagi manzarani uch o‘lchamda suratga olishi diqqatga sazovor, deb yozmoqda Terabayt sayti.

Yangi jihat ayfonga bosh kamerada olingan 3D o‘lchamdagi suratni old kamerada olingan 2 o‘lchamli suratlar bilan omuxtalashtira oladi. Old kamera foydalanuvchi qiyofasi hamda ko‘zining rangdor pardasini ham skanerdan o‘tkazadi.

«Buning uchun kameradagi lazer ko‘zga ko‘rinmas infraqizil nurni taratadi va infraqizil nurni qabul qiluvchi qurilma bu nurning kamera qarshisidagi ob’ektga borib urilishini qayd qilgan holda, uch o‘lchovli proeksiyani yaratadi», deyiladi The Wall Street Journal’da.

Shuning, ushbu texnologiyaning imo-ishoralarni qo‘llab-quvvatlashi ham aytilmoqda. Misol uchun, foydalanuvchi keraksiz SMSni o‘chirib tashlash uchun telefon qarshisida kaftni silkitishi kifoya.

iPhone 8 smartfonidagi kamera texnologiyasi, shuningdek old kamera olgan 2D-fotosuratlarni boyitishda ham ayni muddao. Jumladan, old kamera suratlardagi qiyofani farqlashi va undagi ko‘zning rangdor pardasini aniqlashi mumkin bo‘ladi.

iPhone 8’ning 3D-kamerasi foydalanuvchining aniq uch o‘lchovli avatarini yaratish kerak bo‘ladigan interaktiv o‘yinlar va ilovalarni o‘ynash imkonini beradi. Kamera tizimi va 3D-datchiklar orqali 3D o‘lchamli selfi ham olish mumkin. Kamera datchigi joylashuv o‘rni hamda kadrdagi ob’ektlar o‘rtasidagi oraliqni aniq belgilash xususiyatiga ega bo‘ladi.

Apple infraqizil datchik texnologiyasini Lumentum kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqqan, degan taxminlar mavjud. Uning dasturiy ta’minoti korporasiya 2013 yilda sotib olgan PrimeSense kompaniyasi tomonidan yaratilmoqda.

Manbaaning aytishicha, Apple 3D suratlar uchun algoritmlar yaratishda Android platformasidan bir necha yillar ilgarilab ketgan. Korporasiyaning shaxsiy dasturi iPhone 8’ni chinakam inqilobiy kameraga ega smartfon sifatida maydonga olib tushadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Apple xodimi iPhone 8’ning inqilobiy texno-jihatini aytdi