Samsung kompaniyasi hech bir shovqin-suronsiz o‘zining Galaxy smartfonlar turkumini yangi smartfon bilan boyitdi. Galaxy C5 Pro deb nom olgan model Android 6.0 Marshmallow operasion tizimida faoliyat ko‘rsatadi, deb yozadi Terabayt sayti.
Yangi mobil devays Super AMOLED matrisasi, diagonali 5,2 dyuymli displeyga ega. Ekranning piksel sig‘imi 1920 × 1080 belgiga teng, ya’ni Full HD format. Galaxy C5 Pro’ning bosh va old kameralarining har birining optik pribori f/1,9 ga teng bo‘lgan 16 megapikselli ob’ektivlar bilan ta’minlangan. Old paneldagi Home tugmasida barmoq izlari skaneri joylashgan.
Smartfon faoliyatining samaradorligi uchun Snapdragon 626 prosessori mas’ul. Chastotat tezligi 2,2 GGs bo‘lgan ushbu «elektron yurak» ARM Cortex-A53 arxitekturasi asosida qurilgan bo‘lib, 8 ta ma’lumotlarni qayta ishlashga mas’ul yadrolardan tarkib topgan. Smartfonda Adreno 506 video kartasi va X9 LTE mobil modemi o‘rnatilgan.
Smartfonning tezkor xotira sig‘imi 4 gigabayt. Uning 64 Gbayt doimiy ichki xotirasini microSD bo‘lmachasi orqali kengaytirish mumkin. Mobil aloqa vositasi simsiz aloqaning Wi-Fi 802.11a/b/g/n va Bluetooth 4.2, GPS/GLONASS, NFC kabi tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Unda 3,5 millimetrli an’anaviy audio konnektor, USB Type-C turidagi universal port mavjud.
Galaxy C5 Pro elektr toki sig‘imi 2600 mA soat bo‘lgan akkumulyatordan quvvat oladi. O‘lchamlari: 145,7 × 71,4 × 7 mm, vazni — 145 gramm. Ayni paytda Janubiy Koreyada savdoga chiqarilgan, Galaxy C5 Pro’ning xalqaro bozorda 360 AQSh dollaridan sotuvga chiqarilishi ma’lum bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi