21 mart kuni, Xiaomi romsiz dizaynga ega yangi turkumdagi televizor modellarini namoyish qiladi, deb yozadi Terabayt sayti. Ulardagi ramkasiz dizayn tele-mahsulotning bosh yangiligi bo‘lib, tasvir televizor ekrani bo‘ylab to‘liq gavdalanadi. Bu dizayn displeylarning tashqi qiyofasiga yanada jozibadorlik bag‘ishlagan.
Ekran diagonali 65 dyuymli modellarning piksellar sig‘imi «4K» bo‘lishi kutilmoqda. Televizor korpusi qalinligi bor-yo‘g‘i 4,5 mm. Televizorning apparat ta’minoti va ovozli tizimi alohida blokda joylashtirilgan.
Yangi televizorlarni iOS hamda Android operasion tizimidagi smartfon, planshetlar bilan boshqarish mumkinligi gadjet foydalanuvchilari uchun kutilmagan xushxabar bo‘ldi. Kompaniya 65 dyuymli bu televizorlarning eng qimmatini 2900 AQSh dollaridan sotuvga chiqaradi. Bu Xitoy televizor ishlab chiqaruvchilarining shu turdagi mahsulotlari orasida «eng arzoni» degani.
Hozircha televizorlarning texnik jihatlariga oid boshqa ma’lumotlar oshkor qilinmagan. Barchasiga televizorlar Xitoyda sotuvga chiqariladigan 31 mart kuni oydinlik kiritiladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi