AI agentlari ish jadalligini oshirayotgani aytildi

AI agentlari ishni yengillashtirish o‘rniga, texnologiya sohasida “tezroq va ko‘proq qilish” bosimini kuchaytirmoqda, deb Bloomberg xabar berdi. Bu esa ko‘plab mutaxassislarda xavotir va charchoqni keltirib chiqarmoqda.
Dasturchilar “AI charchog‘i”dan shikoyat qilmoqda, ya’ni yangi imkoniyatlarni o‘tkazib yubormaslik qo‘rquvi doimiy stressni yuzaga keltirmoqda. Loyiha menejerlari va dizaynerlar ham kod yozishga o‘tayotgani sababli an’anaviy rollar aralashib ketmoqda.
Tadqiqotlarga ko‘ra, rahbarlar AI ko‘p vaqt tejaydi deb hisoblasa-da, oddiy xodimlar amalda katta farqni sezmayapti. “Task expansion” effekti tufayli sifatsiz kodni tozalash muhandislar ishini yanada ko‘paytirmoqda.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, AI mahsuldorligi vahimasi “foydasiz ish”larni ko‘paytirishi mumkin. Eng katta samaradorlik esa ayrim loyihalarni umuman qurmaslikni bilishda bo‘lishi mumkin.
AI va “vaybkoding” imkoniyatlari yuqori baholanmoqda, ammo yechim mustahkam bo‘lmasa natija kutilganidek bo‘lmaydi. O‘tgan yili yangi ilovalar soni 40 foizga oshgani qayd etilmoqda, bu esa raqamli shovqinni yanada kuchaytirmoqda.
Tarixda ham ma’lumotga erishish osonlashgani sari uning qadri pasaygani kuzatilgan. XXI asrda esa asosiy muammo ma’lumot tanqisligi emas, balki ortiqcha axborot shovqini ekani ta’kidlanmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!