date

Apple kompaniyasi yangi iPhone 17e smartfonini taqdim etdi

Apple kompaniyasi yangi iPhone 17e smartfonini taqdim etdi

Apple kompaniyasi o'zining yangi iPhone 17e smartfonini namoyish etdi, deb Rozetked xabar berdi. Qurilma haqidagi ma'lumotlar avval tarqalgan xabarlarni tasdiqladi: smartfon A19 chipseti va yangi C1X modemi bilan jihozlangan. Biroq, ko'pchilik kutgan Dynamic Island funksiyasi ushbu modelda paydo bo'lmadi va ekran yangilanish tezligi 60 Gz darajasida qoldi.

Shunga qaramay, ekran endi eng zamonaviy Ceramic Shield 2 himoya shishasi bilan qoplangan. Smartfonning bazaviy versiyasi 8/256 GB xotiraga ega bo'lib, uning narxi o'zgarishsiz qoldi — 599 dollar. Markaziy bankning joriy kursi bo'yicha bu taxminan 7 715 000 so'mni tashkil etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Apple kompaniyasi yangi iPhone 17e smartfonini taqdim etdi