Apple kompaniyasi yangi avlod MacBook Prolarini rasman taqdim qildi

Yangi qurilmalar M5, M5 Pro va M5 Max protsessorlari bilan jihozlangan bo‘lib, kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, ushbu chiplar sun’iy intellektga asoslangan vazifalarni bajarish uchun yanada yuqori samaradorlikka ega.
Xususan, yangi protsessorlar neyron tarmoqlar bilan ishlash, videoni tahrirlash, katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish va AI ilovalarni ishlatishda oldingi avlodga nisbatan tezkorroq va energiya tejamkorroq ekani ta’kidlanmoqda.
Shuningdek, yangi MacBook Pro modellarining narxi ham yangilangan texnik imkoniyatlar sabab o‘rtacha 100–200 dollarga qimmatlagani ma’lum qilindi.
Kompaniya yangi noutbuklar professional foydalanuvchilar — dasturchilar, dizaynerlar va video muharrirlar uchun mo‘ljallanganini alohida qayd etgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing