Gemini foydalanuvchilari uchun qulay funksiya taqdim etildi

Google kompaniyasi o'zining Gemini suniy intellekt xizmatida muhim yangilanishni amalga oshirdi. Endilikda pullik obunaga ega bo'lmagan oddiy foydalanuvchilar ham suniy intellekt bilan muloqotni yanada samaraliroq qilish imkoniga ega bo'lishdi. Bu o'zgarish neyrotarmoq va inson o'rtasidagi o'zaro tushunishni yaxshilashga qaratilgan.
Yangi joriy etilgan "Past Chats" funksiyasi foydalanuvchining avvalgi suhbatlarini xotirasida saqlab qoladi. Agar siz ilgari muhokama qilingan mavzuga qaytadigan bo'lsangiz, tizim avtomatik ravishda eski ma'lumotlarni tahlil qilib, javoblarni shaxsiylashtiradi. Bu esa har safar bir xil savollarni qayta tushuntirib o'tirish zaruratini yo'qqa chiqaradi.
Ushbu imkoniyatdan foydalanish uchun ilova sozlamalarida "Personal Context" opsiyasini yoqib qo'yish kifoya. Google mazkur yangilikni Yevropa hududidan tashqari barcha mintaqalarda bosqichma-bosqich ishga tushirmoqda. Yaqin kunlar ichida dunyo bo'ylab barcha foydalanuvchilar ushbu qulaylikdan bahramand bo'lishlari mumkin bo'ladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!