22:45 / 29.05.2015
7 584

Samsung ikki displeyga ega smartfon yaratmoqchi

Samsung ikki displeyga ega smartfon yaratmoqchi

Samsung kompaniyasi noodatiy shaklga ega smartfon yaratish bilan shug‘ullanadigan Valley nomli yangi tadqiqot loyihasini yo‘lga qo‘ydi, deb yozadi Kun.uz.

Ma’lum qilinishicha, qurilma ikki displeydan iborat bo‘ladi. Kompaniya taxlanadigan smartfon yaratish imkonini ham o‘ylamoqda. Bunday vaziyatda ekranlar ochiq holatda turgan kitobning ikki varog‘iga kabi joylashtiriladi. Ekranlarning bunday shaklda joylashishi multimedia materiallar bilan ishlashni qulaylashtiradi.

Shuningdek, Samsung egiluvchan smartfon uchun patent oldi. Bu qurilmada faqatgina displey emas, barcha qismlar o‘zgarish imkoniga ega bo‘ladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, egiluvchan smartfonlarni ishlab chiqarish imkoni 2016 yilda paydo bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Samsung ikki displeyga ega smartfon yaratmoqchi