Lunar and Planetary Science’ning 48-konferensiyasida Oydagi erosti tunnellari haqida ma’lum qilindi. Topilma «insoniyat kelajagi» deb nomlandi, deb yozadi «Daryo» nashri.
Ular Marius tepaliklari platosidagi diametri bir necha o‘n metr bo‘lgan tuynuk yaqinida joylashgan. Tuynukning o‘zi 2009 yilda topilgan.
Olimlar Kaguya yapon qurilmasi yordamida yoriq yaqinida yirik, ko‘p kilometrga cho‘zilgan bo‘shliqlar mavjudligini aniqladi.
Erda ham yuqoridagi kabi erosti hosilalari mavjud. Ular magma sovib, asta-sekinlik bilan torayishi oqibatida yuzaga keladi. Astronomlarning Oydagi topilmalari ham lava hosilalari ekanligiga 100 foiz ishonib bo‘lmaydi.
Biroq nima bo‘lganda ham, razvedka missiyalari Er yo‘ldoshida haqiqatdan ham chuqur erosti tunnellari mavjud ekanligini tasdiqlasa kelajakda ular oydagi birinchi kolonial manzilgohlar va ilmiy-tadqiqot markazlari uchun asos bo‘la oladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi