00:38 / 30.03.2017
6 929

Samsung kompaniyasi Galaxy S8 smartfonini taqdim etdi

Samsung kompaniyasi Galaxy S8 smartfonini taqdim etdi
Samsung kompaniyasi yangi flagman smartfoni — Galaxy S8 ni taqdim etdi. «Daryo»ning yozishicha, model ikki xil — Galaxy S8 va S8 Plus modifikasiyalarida chiqarilgan. Qurilmalar displeyining diagonali va korpusining hajmi bilan farqlanadi — biri 5,8 dyuym bo‘lsa, ikkinchisi 6,2 dyuym.

Yangi smartfonlar ajrata olishi 12 va 8 megapiksel bo‘lgan asosiy va old kameralar bilan ta’minlangan. Qurilmaning old tomonida ko‘zning kamalak qobig‘i skaneri paydo bo‘ldi — bu funksiya yordamida qurilma qorong‘ulikda ham egasini taniy oladi. Galaxy S8 batareyasining sig‘imi 3000 mAs, S8 Plus’niki esa 3500 mAs.

Shuningdek, Galaxy S8 da Samsung’ning ovozli yordamchisi — Bixby ilk bor paydo bo‘ldi. U smartfon ekranida yuz berayotgan holatlarni tushunib, sensorli displey yordamida berilayotgan buyruqlarni almashtirishi mumkin.

Bixby smartfon egasining doimiy harakatlariga moslashib, uning buyruqlarini oldindan topishga harakat qiladi. Bundan tashqari, qurilma eng yaxshi tezkor simli va simsiz quvvatlantirish texnologiyasi bilan ta’minlangan, yana suv ostida ham ishlay oladi.

Yangi smartfonlar savdosi 21 apreldan boshlanishi kutilmoqda. Kompaniya saytida qurilmalarga oldindan buyurtma bersa bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Samsung kompaniyasi Galaxy S8 smartfonini taqdim etdi